1

Eng yaxshi 4 ta tabiiy antibiotik

Salomatlik 15.04.2016, 14:18
Eng yaxshi 4 ta tabiiy antibiotik

1.  Erqalampir (xren). 

Juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi.

Traxeit, bronxit, davomli yo`talda: 1 qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan erqalampirni 3 qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda  1 mahal 1 choy qoshig`idan iste`mol qilinadi.

Sistit va uretritda: 1 qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan erqalampirni 100ml qaynoq suv bilan aralashtirib  5 daqiqa usti yopib tindirib qo`yiladi va bir kunda  3-4 piyoladan ichiladi.

2.  Klyukva (qizil nordon meva). 

Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi modda sifatida qo`llaniladi.Siydik qopi va yo`lini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva, to`qimalarni tashqi muhitning salbiy ta`siridan himoyalovchi antioksidantdir. 

Klyukva bakteriyalarni o`ldiradigan, peshob haydovchi va shamollashga qarshi kurashishda tengi  yo`q meva hisoblanadi.

Malham tayyolash uchun: Klyukva va brusnika mevalarini (3:1) shakar bilan  obdon aralashtirib, ezib, 2 osh qoshig`iga 0,5 litr iliq suv aralashtirib tayyorlanadi.

3.  Sarimsoq.

Sarimsoq qondan, ichki a`zolardan va nafas yo`llaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini chiqarishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil bo`lishini oldini oladi. Sarimsoqni iste`mol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant bo`lgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir bo`lakchasida 400ta foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini o`ldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yo`q qiladi, ichakdagi gijjalarni xaydaydi.

Sarimsoqdan tayorlanadigan  100 dardga da`vo ichimlik tayyorlash uchun: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni 4ga bo`lib, 3 katta piyolada qizil sharob bilan arlashtirib, og`zini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qo`yiladi. Har kuni 3 marta qo`zg`ab qo`yiladi. 2 haftadan so`ng dokadan suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qo`yiladi. 1oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.

Bo` mo``jizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali. 

4. Rayhon.

Yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.

Angina uchun: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250ml qaynagan suvga solib 20 daqiqa davomida qanating va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq xolda tomog`ingizni chaying.

Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500ml qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan o`tkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qo`ying.

Bosh og`rig`ida: Rayhon, mavrak, limono`tni baravar aralashtirib 1 choy qoshig`ini 200ml qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa tindiring va suzib olgch, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik bezovtalikdan xalos qilib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1