Hirotdagi toliblar monopoliyaga qarshi kurash va oziq-ovqat narxlarini nazorat qilish komissiyasini tuzdilar. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Komissiya tarkibiga hokimlik ma`muriyati, savdo, sanoat va hunarmandchilik palatalari, shuningdek, oziq-ovqat importchilari uyushmasi vakillari kiritildi va ularga monopoliyaga qarshi kurash va oziq-ovqat bozorida narxlarni nazorat qilish topshirildi.






