“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–722-con, 14.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Kodeksning 99-moddasiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Davlat soliq qo`mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig`i, ijtimoiy soliq, to`lov manbaida olinadigan foyda solig`i mustasno).
Shuningdek, 100-moddaga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotgan, soliqlarni o`z vaqtida to`lagan, ammo moliyaviy ahvoli soliq qarzini muddatida to`lash imkoniyatiga ega bo`lmagan manfaatdor shaxslarga soliqlarni bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati berilishi mumkin.
Kodeksning 378-moddasiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, soliq to`lovchining O`zbekiston Respublikasining professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va oliy ta`lim tashkilotlarida ta`lim olish (o`zining, shuningdek 26 yoshga to`lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta`lim olishi) uchun yo`naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi (ilgari ushbu imtiyoz faqat oliy ta`lim bo`yicha tatbiq etilgan)