Abror Zohidov
Inobat xola eshikka su¬yanib, chuqur xo`rsindi. Akmalga nima deydi? Bu oltinchi joydan qaytishi, hammasida bir xil javob...
Xola horg`in qadam tash¬lab, ichkariga kirdi. O`g`li uyda yo`q edi. Ustaxonasida bo`lsa kerak. Inobat xola tugunini xontaxta ustiga qo`yib, to`shakka o`tirdi va ko`zlarini yum¬di. Kimningdir oldida izza bo`lishdan qochib, sov¬chilikka doim o`zi boradi. Chunki o`g`li…
Eshik g`iyqillab ochildi. Akmal eshik tutqichini mahkam ushlaganicha, onasining huzuriga kirdi. Akmalning yuzi istarali, qop-qora qosh-ko`zlari chiroyli. Ko`rgan odam borki havas qiladi, lekin oyog`i… Akmal tug`ilganida Inobat xola ko`p azob chekkandi. U paytlar tibbiyot unchalik rivojlanmaganmidi yoki operasiya qildirish rasm bo`lmaganmidi, qiynalib tug`ilgan bolaning oyog`iga shikast etdi. Inobat esa shundan keyin farzand ko`rolmaydigan bo`lib qoldi. Shiringina bolakay uch yoshida qiynalib qadam tashladi.
Yol¬g`iz, tag`in bunaqa bolaga qanoat qilmadimi yoki bu bir bahona bo`ldimi, eri ham tashlab ketdi. Inobat yig`ladi-siqtadi, najot yo`q, ovundi. Bolasini yolg`iz o`zi katta qildi. Maktabni bitirganida institutga kiritishga qurbi etmasligini tushundi va o`g`li shu paytgacha o`rganib olishga ulgurgan hunariga yo`l berildi. Mo``jazgina hovlining devori olindi va kichikroq hujra solindi. Akmal alohida eshikli shinam ustaxonada etikdo`zlik qila boshladi. Mijozlari ko`paydi, hunari bilan birga ro`z¬g`orlariga ham baraka kirdi, ona-bola yillar davomida shu baxt sari harakat qilganlarini tushungandek bo`ldilar. Lekin bu baxt navbatdagi muammo oldida yo`qqa chiqib turibdi.
Uylanadigan vaqti keldi, hatto bir oz o`tdi ham. Akmalga hech kim qizini bermadi. Uning odobiga, mehnatiga havas qildilar, soppa-sog` takasaltanglarga o`rnak qilib ko`rsatdilar, lekin hech kim qizini bermadi. Unga achindilar, onasiga achindilar. Lekin ona tinimsiz eshik qoqdi, yigit umid bilan kutdi. Qiz bermadilar.
Takasaltanglar uylanib ketdi, ko`rimsiz qizlar-da tengini topdi. Akmal bo`ydoqligicha qol¬di.
Shu…
* * *
Akmal onasining ko`ziga bir qarashdayoq hammasini tushundi. Shuning uchun nima bo`ldi deb so`¬rab o`tirmadi. Ona-bo¬la choy ichdilar va Akmal yana ustaxonasiga chiqib ketdi. Agronomning kirza etigiga mix urayotib, o`yga berildi. Onasi yorilsa ham bo`lardi. «Sening ham tenging bordir bolam» deb yig`lasa, balki yozilarmidi?!
O`shanda uchinchi sinf¬da o`qishardi. Mana shu etik egasining qizi Mohira bilan sinfdosh edilar. Bir kun nimadir bo`ldi-yu, muallim Akmalni Mohiraning oldiga o`tqazib qo`ydi. Ertasiga dars¬ga kelganlarida parta ustida «M+A=S» degan yozuv paydo bo`lgandi. Akmal o`chirishga ulgurmadi. Kimningdir bolalarcha qilig`idan sinfda gap bolaladi va hamma Mohirani ermaklay boshladilar. Mohira esa bor alamini yig`di va uch so`z¬ga joyladi:
«Turqing qursin, cho`¬loq!».
Murg`akkina go`dak sumkasini ham olmay, oq¬soqlanganicha uylariga chopib keldi. Yostiqqa boshini burkab rosa yig`ladi, o`ksib-o`ksib yig`ladi. Hech bir aybi bo`lmasa-da, xo`r¬langanidan o`kinib yig`ladi. Birinchi marta o`zidan, shu holida tashlab ketgan otasidan nafratlanib ketdi. Yig`laganicha uxlab qoldi.
Eshik taqilladi. O`qi¬tuvchisi Mohira va ikki sinfdoshini olib kelgan ekan. Mohira erga qarab kechirim so`radi, o`qituvchisi mehribonlik bilan ertaga albatta maktabga borishini tayinladi. Maktabga bordi ham, yana sinfdoshlariga kirishib ketdi ham. Lekin ko`nglidagi yara bitmadi. O`nni bitirdilar hamki, Mohiraga bir og`iz gapirmadi.
Keyinchalik katta bo`l¬ganlarida, sinfdoshlar bir-birlariga mehr qo`-yib, bu damlar g`animatligini tushunganlarida Mohira Akmalning yo`lini to`sib, qayta-qayta kechirim so`radi. Lekin o`sha mash`um so`zlar Akmalning qulog`i ostida yangrayverar va u teskari qarab ketardi.
Hozir Mohira uch bolali bo`lgan. O`tgan yili «o`n yillik»da ko`rdi. Baribir gaplasholmadi…
Eshik ochilib, bir qiz kirib keldi. Erga qaraganicha bir poy tuflini uzatdi.
— Xolam jo`natdilar. Mana bu tuflini tikib berarkansiz.
Akmal poy¬afzalni qo`liga olib, qizni o`rindiqqa o`tirishga taklif etdi.
— Xolangiz kim?
— Anzirat xola borlar-ku, uylari do`kon yonida -javob berdi qiz erdan ko`z uzmay.
— Ie, Anzirat xolaning jiyanimisiz, mehmon ekansiz-da, bo`lmasa.
— Ha, Tepaqo`rg`ondanman. Xolamga pillaga qarashish uchun yordamga keldim-, gapini davom ettirdi qoraqosh qiz ha¬nuz erga qarab.
— Yaxshi. Bu tuflini to`¬liq aylantirib tikish kerak,-dedi Akmal baquvvat qo`llari bilan charmni ezg`ilab. Qarang, anchagina so`tilib ketgan.
Qizning nigohi poy¬afzalga qadalish oldidan Akmalning ko`zlarida bir to`xtab o`tdi va Akmal hammasini tushundi. Qizning ko`zlari... Bir qarashda sezilmaydi, ammo diqqat qilinsa, har ikki ko`zining qorachig`i bir tarafga qarab turishi seziladi.
— Endi ertaga kelasiz, singlim. Men chiroyli qilib tikib qo`yaman.
Qiz yigitdan taralayotgan mehrni, eng muhimi o`zidagi nuqsonga ham-dard¬lik hissini his qil¬¬di. Negadir umrida birinchi marta yigitlar bilan, to`g`rirog`i, aynan shu yigit bilan gaplashgisi keldi.
— Puli qancha bo`ladi? Ertaga qancha olib kelay?
Qizning mayin ovozi, odobi Akmalga ham ta`sir qilib ulgurgandi.
— Anzirat xola mening ham xolam, sizdan pul olsam uyat bo`lar.
Qiz xiyla qizarib chiqib ketdi.
Uning ortidan qarab qolgan Akmalning ko`nglida ajib hislar qoldi.
* * *
Qiz ertasiga ham, indiniga ham keldi. Akmal ishni cho`zar, bu holat ikkoviga ham ma`qul edi. Pilla mavsumi tugagunicha ancha yaqinlashib qo-lishdi. Qiz yigitning, yigit qizning nuqsonini tilga olmadi. Hatto hamdardlik nuqtai nazaridan ham bu mavzu ko`tarilmadi. Yanada qizig`i, dil-roziga bir qadam qoldilar hamki, bu yaqinlikdan hech kim xabar topmadi.
Yigirma kunlardan keyin qiz do`kon eshigini yopdi va chetga tikilayotgan tuyulsa-da, nigohini Akmalning ko`zlariga qarab shunday dedi.
— Akmal aka, ertaga uyi¬mizga ketaman. Sizdek do`st topganimdan xur-sand¬man. Xayr - dedi-yu, chiqib ketdi.
Eshik sekin yopildi hamki Akmal o`ziga kelmadi. Nahot, shuncha yillar izlagan gavharini bir onda yo`qotsa?!
Tezda nima qilishini o`ylab oldi. Ustaxonani yopib, oqsoqlanganicha sho¬sha-pisha bozorga yo`l oldi. Bozordan qizga chiroyli ro`mol, atir, xolasi uchun ikkita issiq non, qand-qurs oldi. Mo`l¬jali - kech kirganda avval o`zi, keyin onasi bilan Anzirat xolanikiga kirish. Agar shular ham yo`q desa… demak Akmal bu dunyodan toq o`tadi.
— Peshanangda omad yulduzi chaqnab turibdi. Katta ish ustidasan, sadaqa qil bolam,-degan ovoz Akmalning xayolini bo`ldi.
Qo`l uzatib turgan mo`l¬toni ayolga pul uzatdi. Mo`ltoni ayol chetga chiqib, uning ortida kichkinagina stolga pista bilan birga lotereya biletlarini yozib o`tirgan chol ko`rindi.
Akmal tavakkal qilib bitta lotereya olib, tanga bilan qirib o`chirdi.
Yutuq yana bitta chiptalik ekan, ikkinchisiniyam olib o`chirdi. Vo ajab! Shu rostmi?! Ellik million!!!
Akmalning yuragi hapriqib ketdi. Katta yutuq chiqqanligini tasdiqlagan chol Akmalning cho`ntagidagi bor pulga ega bo`ldi…
* * *
Tut shoxlari uyilib yotgan hovli chetidagi so`¬rida to`rt kishi gaplashmoqda edilar. Anzirat xola Akmal olib kelgan non ushatilgan dasturxon chetini o`ynagancha bosiqlik bilan gapirdi:
— Bilmadim, bolam. Bu bechora ham tegsa sendek yigitga tegar-da, bolam, o`zimning qizim bo`lsa senga qo`sh-qo`llab bermasmidim?! Seni-yu, onangni bilmasam ekan…
— Xolajon,-dedi Akmal. Siz faqat Tepaqo`rg`onga borib, singlingizga Xolida yana bir-ikki oy siznikida turib turishini aytsangiz bo`ldi. Bu vaqt¬da ulguramiz. Ishoning, hammasi yaxshi bo`ladi.
Inobat xola bilan Anzirat xola ko`zlarida yosh bilan yoshlarga oq fotiha berishdi. Tun yarim bo`lishiga qaramay, yoshlar hech kimga bildirmay, Toshkentga yo`l oldilar.
* * *
Eng yaxshi suyak shifokorlari Akmalning oyo¬g`iga tig` urishdi. Ko`zning eng mohir jarrohlari Xolidaning qorachiqlari ustida ish olib bordilar.
Mo``jiza yuz berdi. Yoki pul yana bir bor mo``¬jiza yaratdi. Hech kimlari yo`q katta shaharda bir-birlariga hamdard bo`ldilar. Ikkovlon shaharning ikki chekkasidagi shifoxonalarda bo`lsalarda, telefonda bog`lanib turdilar. Umid har narsadan ustun chiqdi.
* * *
To`y to`satdan boshlangan bo`lsa-da, el suygan xonandaning shirali ovozi taralib, tumonat odam to`plandi.
Kelin-kuyov o`tirgan mashina to`yxona oldida to`xtadi. Akmal shaxdam qadamlar bilan kelib, Xolidani ko`tarib tushirdi. Xolida qaynonasining shodlikdan yosh¬langan ko`zlariga bir qarab, yana nigohini erga qadagancha salom berdi.
Davraga Anzirat xola bilan Inobat xola raqs tushish uchun chiqqanlarida Xolida Akmalning qulog`iga shivirladi:
— Lotereya yutmaganingizda ham sizniki bo`¬lardim…
Akmal zavqlanib kulib, Xolidaning qulog`iga shipshidi.
— O`zing kelmaganingda ham baribir seni topardim.…