AsosiyShou-biznes

Ilmira Rahimjonova “Baron”ni ko`rmay turib, filmdan xafsalasi pir bo`lganini aytdi

“Charxpalak”, “Chayongul” va “Iblis devori” kabi filmlardagi obrazlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa Ilmira Rahimjonova shaxsiy hayoti, kinolarda ko`rinmay qolgani sabablari va rejissyorlik faoliyati haqida “Sabo” gazetasiga intervyu berdi.

“Oxirgi marotaba Abduxalil Mingnorovning “Ota”(Yoningdaman) filmini tomosha qildim, menga ma`qul keldi. ‘Baron’ni maqtashdi rosa, bormadim. TVda bitta kadrini ko`rib, xafsalam pir bo`ldi. Bu bilan rejissyorning nafsoniyatiga tegish niyatim yo`q. Ammo, o`qish, chinakam mehnat qilish kerak. Kechasi bilan xorijiy filmlarni ko`rib chiqib, tayyorini sal bundoqroq qilib o`zgartirib, film olsak bo`laveradi, deb o`ylashadi. Tomoshabin hammasini bilib o`tiradiku? Tomoshabin xorij filmlarini ko`rmaydi, deb bo`lmaydiku! Filmlarga jahon kompozitorlarining musiqasini qo`yishadi. Baraka topgur, seni o`zbekcha musiqang yo`qmi? Shahardan zerikkan bo`lsang, chetga chiq, birpas dalada aylan, toza havoda sayr qil. Ilhoming kelib qolar, agar rostdan ijodkorlikka da`vo qilsang!”,—deydi aktrisa hozirgi kunda ishlanayotgan filmlar haqida fikr bildirib.

Boshqa yangiliklar