Afg`onistonning Qandahor shahrida joylashgan shialarning Imom Bargoh masjidida portlash amalga oshirildi.
TASS xabar tarqatishicha, portlash oqibatida 7 kishi halok bo`lgan, 20 kishi jarohatlangan. Voqea joyiga o`t o`chirish va tez yordam mashinalari etib kelgan.
Ma`lum qilinishicha, portlash hudkush tomonidan amalga oshirilgan.