Afg`onistonning Qandahor shahridagi "Bibi-Fotima" masjidida ham terakt yuz berdi. Qurbonlar soni oshmoqda.
Afg`oniston janubidagi Qandahor shahridagi Bibi-Fotima masjidida sodir bo`lgan terakt qurbonlari soni 62 taga etdi, kamida 68 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Afg`onistonning "Bakhtar" agentligiga tayanib TASS xabar berdi.
Avvalroq, 35 kishi haqida ma`lumot berilgan edi.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, bir vaqtning o`zida uchta hududda terrorchi mahalliy vaqt bilan soat 13:30 , Imom Bargah nomi bilan mashhur bo`lgan shia diniy binosida portlash uyushtirgan.
Bir muddat avval Imom Bargoh masjidida portlash amalga oshirilgani haqida yozgandik.