AsosiySport

Dani Alvesh “Barselona”ga qaytmoqchi

'Dani Alvesh “Barselona”ga qaytmoqchi'ning rasmi

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alvesh “Barselona”ga qaytmoqchi. Bu haqda Esport3 xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, futbolchi kam maosh evaziga bo`lsa ham “Barselona”da to`p surishga tayyor. Hozirda Alvesh erkin agent sifatida o`zi uchun yangi jamoa izlamoqda. O`z navbatida futbolchining agentlari ham “Barselona” rahbariyati bilan allaqachon Alvesh borasida gaplashishga ulgurgan.

“Barselona”ga qaytish? Buni bitta qo`ng`iroq orqali hal qilish mumkin”, - deya fikr bildirgan Alvesh.

Eslatib o`tamiz, futbolchi yaqinda “San-Paulu” maosh borasida  yuzaga kelgan muammolar tufayli shartnomasini bekor qilgan edi.

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Boshqa yangiliklar