AQShning Mobile (Alabama shtati) stadionida o`rta maktab o`quvchilari o`rtasidagi Amerika futboli musobaqasida otishma ro`y berdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Mahalliy polisiya bo`lishi boshlig`i Pol Pryaning ma`lum qilishicha, otishma oqibatida to`rt kishi jarohat olgan, jumladan, ularning ikki nafari voyaga etmagan shaxs bo`lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.
Ma`lum qilinishicha, polisiya xodimlari otishmani sodir etgan shaxslarni aniqlash bo`yicha tergov ishlarini boshlab yuborgan.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






