AsosiyDunyo

Brent markazli neftning narxi uch yil ichida birinchi marotaba rekord darajaga ko`tarildi

'Brent markazli neftning narxi uch yil ichida birinchi marotaba rekord darajaga ko`tarildi'ning rasmi

Brent markali neft narxi jahon energetika bozorida yuzaga kelgan inqiroz tufayli 2018 yildan beri birinchi marta 85 dollardan oshdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, London birjasida Brent markali neft fyucherslari 1,8 foizga ko`tarilib, bir barreli 85,10 dollargacha yuqorilagan. Mutaxassislarinng fikricha, bunday o`sishga sabab Osiyoda gaz va ko`mir etishmasligi tufayli neft mahsulotlariga to`lgan ehtiyoj yanada ortgan.

Eslatib o`tamiz, Evropada gaz narxi ikki foizga o`sgan. Bu esa yirik kompaniyalarning faoliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda.

 

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi 


 

    Boshqa yangiliklar