Indoneziya Bali orolining Bangli va Karangasame hududlarida Rixter shkalasi bo`yicha 4,8 ballik zilzila oqibatida uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar bermoqda.
AQSh Geologik xizmati xabariga ko`ra, zilzila markazi Bali ma`muriy markazi Denpasar shimoliy-sharqidan 43 kilometr uzoqlikda aniqlangan. Ma`lumot uchun, Denpasarda 897 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aytilishicha, zilzila oqibatida etti kishi jarohat olgan.
Zilzila natijasida bir nechta uylar vayron bo`lgan. Orolning uchta hududida ko`chki sodir etilgan. Eng ko`p zarar ko`rgan sifatida Bangli rayoni aytilmoqda.
AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma`lum qilgan.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






