AsosiyShou-biznes

Aziz Rajabiy: “Rafiqam bilan u tug`ilgan tug`ruqxonada tanishganmiz”

Xonanda Aziz Rajabiy o`z rafiqasi Durdona Rajabova bilan qanday tanishganini so`zlab berdi. 

“Durdona bilan biz qarindosh ekanligimizni yaqinlarimizdan boshqa hech kim bilmasa kerak. U tug`ilganida oyim va akalarim bilan birga tug`ruqxonaga borganmiz. O`shanda kelinoyim Durdonani ko`tarib, oynadan ko`rsatgan. Men o`shanda etti yoshda edim”,—deydi xonanda. 

“Durdona tog`amning qizi. Dadam biz tug`ilganimizdan boshlab har bir lahzani suratga olib qo`yishni yoqtirardilar. Biz bolalikda deyarli birga o`ynab katta bo`lganmiz. Durdonani yoshligimdayoq o`z singlimdek ko`rib, hurmat qilardim. Voyaga etgan paytlarida to`satdan tog`am olamdan o`tib qoldi. Shundan so`ng unga akadek g`amxo`rlik qilib, begona ko`zlardan qizg`anar, o`zimcha unga mos kuyovlarni ko`z ostimga olib yurardim. Keyinchalik uylanadigan paytim kelib, onam: ‘O`g`lim Durdonani kelin qilsak, nima deysan?’ deb maslahat so`radilar. Men uchun bu kutilmagan taklif bo`ldi-yu, lekin xursand bo`lganman”,—deya hikoya qildi Aziz Rajabiy o`z sevgi tarixini. 

Manba: “Sabo” gazetasi.

Boshqa yangiliklar