“Liverpul” klubi Angliya Premer-ligasining 8-turi doirasida “Uotford” klubi mehmoni bo`lmoqda.
Uchrashuvning 9-daqiqasida “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane mezbonlar darvozasini ishg`ol qildi.
Bu esa senegallik futbolchining APLdagi yubiley 100-goliga aylandi.
Ma`lumot uchun, Mane avvalgi jamoasi “Sautgempton” safida 21 marta to`p kiritgan. “Liverpul”dagi gollari soni esa 79taga etdi.
Bu ko`rsatkich bilan u APL doirasida 100ta gol urgan uchinchi afrikalikka aylandi. Bungacha Dide Drogba (104) va Muhammad Saloh (103) ushbu dovonni zabt etishgan.






