1

O`zbekistonda o`sadigan qo`ziqorinlarning 150 dan ortiq turi zaharli hisoblanadi

Salomatlik 15.04.2016, 17:00
Teglar: O`zbekiston
O`zbekistonda o`sadigan qo`ziqorinlarning 150 dan ortiq turi zaharli hisoblanadi

Bahor faslida ob-havoning nam kelishi, yog`ingarchiliklar tufayli zamburug`lar o`sib, rivojlanishi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi. Bu faslda ko`plab zamburug`lar paydo bo`ladi hamda o`sib ko`payadi.

O`zbekiston Respublikasi hududida zamburug`larning 200 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan 25 turigina iste`mol uchun yaroqli hisoblanadi. Bu iste`mol uchun yaroqli bo`lgan zamburug` turlarini mahalliy aholi “qo`ziqorinlar” deb ataydi. Shuning uchun ham O`zbekistonning har qaysi viloyatida, har bir tumanida qo`ziqorinlarning faqat ayrim, muayyan turlarigina terilib, ulardan turli xildagi tansiq taomlar tayyorlanadi. Bu iste`mol uchun yaroqli qo`ziqorinlar ma`danli moddalar, oqsil hamda “S” va “V” guruhlariga mansub vitaminlarga juda boydir.

Biroq respublikamiz hududida o`sadigan qo`ziqorinlarning 150 dan ziyod botanik turlari zaharli hisoblanadi. Ularni aslo iste`mol qilib bo`lmaydi, deydi Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi ovqatlanish gigienasi bo`linmasi mudiri Farhod TOJIEV. 

Bunday zamburug` turlarini mahalliy aholi o`z iborasi bilan zaharli o`simlik — “qurbaqaning sallasi” deb ataydi.

Bu turlarga mansub qo`ziqorinlar tarkibida gelvelat kislotasi, fallotoksin, ammonitotoksin va boshqa zaharli moddalar mavjud bo`lib, bunday qo`ziqorinlarga qanchalik ishlov berilmasin, ular tarkibidagi zaharli moddalar yo`qolib ketmaydi. Ular qizdirishga juda ham turg`un, qaynatilganda zararsizlanmaydi, oksigen ta`sirida oksidlanmaydi va oshqozon-ichak fermentlari ta`sirida parchalanmaydi. Oqibatda iste`mol qilgan kishilarni zaharlanishga duchor qiladi. Respublikamiz hududida zaharli zamburug`lardan “Blednaya poganka”, “Lepiota”, “Muxomor” va “Lojny openok” kabi turlari ko`p uchraydi. Ular shahrimiz hududidagi bog`larda, qabristonlarda, sayxon joylarda, daraxtlar tevaragida va boshqa joylarda ham uchrab turadi. Bu zamburug`lar ham barcha iste`mol uchun yaroqli bo`lgan qo`ziqorinlarga o`xshab soyabon shaklida o`sadi, ularni bilmay iste`mol qilgan kishi qattiq zaharlanadi.

Tarkibida faqat gelvelat kislotasi mavjud bo`lgan zamburug` turiga smorchok va strochoklar kiradi. Gelvelat kislotasi suvda yaxshi eriganligi sababli, bu turga mansub zamburug`larni oldin suvda qaynatib, mazkur suvni to`kib tashlab, smorchok va strochok turiga mansub qo`ziqorinlardan turli taomlar tayyorlash mumkin.

Shaharlararo avtomagistral yo`li yoqalarida, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish korxonalari yoki ular saqlanadigan omborlarga tutash hududlarda o`sgan iste`mol uchun yaroqli bo`lgan qo`ziqorin turlarini ham terib, iste`mol qilish natijasida ulardan zaharlanishlar qayd etilishi mumkin. Chunki, qo`ziqorinlar atmosfera havosi, kimyoviy moddalar bilan zararlangan suv va tuproqdagi zaharli kimyoviy moddalarni singdirib olish xususiyatiga egadir. Shuning uchun, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan qo`ziqorinlarni shaharlararo avtomagistral yo`li bo`ylarida hamda aholi gavjum to`planadigan joylarda sotilayotgan qo`ziqorinlardan aslo xarid qilmang.

Respublikamizning ba`zi jamoa xo`jaliklari va shirkatlariga maxsus issiqxonalarda iste`mol uchun yaroqli bo`lgan “Veshanka” va “Shampinon” kabi qo`ziqorin turlarini etishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan. Bu xo`jalik va shirkatlarda etishtirilayotgan qo`ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlari sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyalarida tahlil qilinib, ular inson sog`lig`i uchun zararsiz bo`lgan taqdirda har bir mahsulotlar uchun gigienik sertifikat beriladi. Ana shunday gigienik sertifikatga ega bo`lgan qo`ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlarni turg`un savdo shohobchalaridan xarid qilishingizni tavsiya qilamiz.

Zaharli zamburug`larni bilmay iste`mol qilgan kishilarda oradan bir necha soat vaqt o`tganidan so`ng ko`ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buziladi, qorinda og`riq paydo bo`lib, butun a`zoi-badani bo`shashib ketadi.

Zamburug`lar tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me`da osti bezi va markaziy asab tizimi a`zolarini qattiq shikastlaydi. Qo`ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda, bemorga 5-6 piyola iliq namakobli suv ichirilib, uni sun`iy qayt qildirib, me`dasi yuvilishi kerak. Agar me`da yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, bu moddalar qonga so`riladi va zaharlanish yanada og`ir kechadi. Bu bemorlarni uy sharoitida bilar-bilmas davolash og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holning oldini olish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni unutmang.

Esingizda bo`lsin, zaharli qo`ziqorinlar sog`lig`ingiz uchun o`ta havflidir.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1