AsosiyDunyo

Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Oqibatda 20 dan ortiq kishi jarohat olgan.

'Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Sky News xabar berdi. 

Shaharning sharqida joylashgan Prenestino tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 21 kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlarning besh nafari og‘ir ahvolda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da sodir bo‘lgan. Eni kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuk mashinasi quvurga urilganidan so‘ng, yong‘in boshlangan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va politsiya chaqirilgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga urinayotgan vaqtda kuchli portlash yuz bergan. 

Portlash natijasida yaqin atrofdagi binolar zarar ko‘rgan, shuningdek, sud hujjatlari saqlanadigan omborxonada yong‘in chiqqan. Huquq-tartibot idoralari buyrug‘i bilan yaqin atrofdagi metro stansiyasi vaqtincha yopilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 21:20

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Qaror nima bilan bog‘liqligi haqidagi savolga Ibrohimov Ozarbayjonga borgach, izoh berishini bildirgan.

    'Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 20:28

    Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi

    Bunga Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab bo‘lgan.

    'Polshaning Kiyevdagi konsulxonasi Rossiya hujumi vaqtida zarar ko‘rdi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 19:36

    Polshaning Kiyevdagi konsulxonasi Rossiya hujumi vaqtida zarar ko‘rdi

    Shuningdek, Polsha TIB vaziri Trampdan Ukrainaga zenit o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatmasligini so‘ragan.

    'Suriya gerbini o‘zgartirdi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 18:27

    Suriya gerbini o‘zgartirdi

    Ahmad al-Sharaaning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgartirilgan qirg‘iy Suriya xalqining o‘z tarixidagi yangi bosqichga o‘tishini aks ettiradi.

    'Andijonda erkak xotinini vahshiylarcha o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 15:40

    Andijonda erkak xotinini vahshiylarcha o‘ldirdi

    Hozirda holat yuzasidan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Tramp Xitoyga nega bormoqchi?'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 14:37

    Tramp Xitoyga nega bormoqchi?

    “Bloomberg” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, AQSH yetakchisi kuzda Xitoyga boradi.