AsosiyMadaniyat

Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi

Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklari farzandlarini urish-janjalsiz muhitda tarbiyalash uchun bu qarorga kelganini aytgan.

'Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi'ning rasmi

Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklaridan biri — amerikalik qo‘shiqchi Keti Perri hamda aktyor Orlando Blum ajralganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda ular vakillari “BBC News” nashriga bergan bayonotda bildirgan.

Bayonotda aytilishicha, so‘nggi oylarda ularning munosabatlari o‘zgarishga yuz tutgan va hozirda ular butun e’tiborini to‘rt yoshli qizlari tarbiyasiga qaratgan.

“Ular oilaviy uchrashuvlarini davom ettiradi, sababi ular uchun har doim ustuvor bo‘lgan narsa — farzandlarini sevgi, barqarorlik va o‘zaro hurmat muhiti ichida voyaga yetkazish”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, ular bu bayonotni keng jamoatchilik orasida juftlik haqidagi qiziqish va muhokamalar ortgani tufayli berganini ta’kidlashgan.

Ma’lumot uchun, Keti Perri va Orlando Blum 2016 yildan beri birga edi. 2017 yilda ular qisqa vaqtga ajrashgan bo‘lsa-da, keyinchalik munosabatlarini tiklab, 2019 yil 14 fevral — Sevishganlar kunida unashtirilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda kuchukni qulog‘ini uzgan fuqaroga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan'ning rasmi

    Madaniyat 23.02.2026 07:25

    Surxondaryoda kuchukni qulog‘ini uzgan fuqaroga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan

    Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda erkak it bolasining quloqlarini uzib tashlagani aks etgan video tarqalgan edi.

    'Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.'ning rasmi

    Madaniyat 01.02.2026 08:22

    Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.

    "Oskar" mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsley ishtirokida "Ma'rifat aks-sadosi" turkum filmi doirasida suratga olingan Far'g'oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.