AsosiyJamiyat

Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi

Hozirda yong‘inning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 4 iyul kuni soat 11:02 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, "A.Navoiy" ko‘chasida joylashgan qurilishi bitmagan bino yonib ketdi. Bu haqda FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipaji 11:06 da aytilgan manzilga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus avtonarvon bilan yetib borgan va yong‘in soat 11:17 da o‘chirgan.

Hodisa ortidan binoning tomida taxminan 5 kv.m maydonda saqich-bitum mahsulotlari yongan. Yong‘in ortidan hech kim tan-jarohati olmagan.

    Boshqa yangiliklar