AsosiyDunyo

​Rossiyada ketma-ket to`rtinchi kun pandemiya rekordi yangilandi

'​Rossiyada ketma-ket to`rtinchi kun pandemiya rekordi yangilandi'ning rasmi

Rossiyada yakshanba kuni kunlik kasallanish holatlari bo`yicha pandemiya boshidan buyon eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Rekord qatorasiga to`rtinchi kun yangilanmoqda.

17 oktyabr ertalab holatiga Rossiyada COVID-19 infeksiyasiga chalinish bo`yicha 34 303 ta yangi holat aniqlandi. Bir kun oldin 33 208ta yangi holat aniqlangandi. 14 oktyabr kuni ilk marta kunlik ko`rsatkichlar 30 mingdan oshgandi.

 

O`lim holatlari biroz pasaygan - so`nggi bir kunda 997 bemor o`limi qayd etilgan, bir kun oldin o`lim holatlari bo`yicha pandemiya rekordi qayd etilgandi — 1002 holat. Juma kuni 999 kishi vafot etgandi. 14 oktyabrda 986 o`lim ro`yxatga olingan va bu ham o`sha vaqtgacha bo`lgan davrdagi rekord ko`rsatkich edi.

 

Nisbatan eng ko`p holatlar Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari hamda Moskva oblastida qayd etilmoqda. Moskvada 6740 ta, Peterburgda 3323 ta, Podmoskoveda 2759 ta yangi holat ro`yxatga olingan.

 

Bir kunda poytaxtda 1357 kishi shifoxonalarga yotqizilgan, ayni vaqtda sun`iy nafas oldirish apparatlariga ulanganlar soni 631 nafar. So`nggi bir kunda Moskvada COVID-19 dan 70 kishi vafot etgani tasdiqlangan, Sankt-Peterburgda bu ko`rsatkich - 65 ga, Krasnodar o`lkasida - 39taga teng.

 

Bir kunda Rossiyada koronavirusga chalingan 18 717 nafar bemorga javob berilgan.

 

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari o`sishi sentyabrda boshlangan va oktyabrda sur`at tezlashgandi. Bu holat bugungi kunda mamlakatda jami aholining 35 foizigina emlangani (146 million kishidan 51 mln kishi hech bo`lmasa bir doza qabul qilgan) bilan izohlanmoqda. Ko`plab mamlakatlarda mavsumiy kasalliklar tufayli koronavirusga chalinish holatlari o`smoqda, ammo vaksinasiya ko`rsatkichlari past mamlakatlarda o`lim holatlari ham yuqori bo`lmoqda.

 

Emlanganlarning rasmiy statistikasi 15 oktyabrdan Rossiya Federasiyasi tezkor shtabi koronavirusga qarshi emlanganlarning statistikasini ham olib bora boshladi.

 

Shanba kuni stopkoronavirus.rf portalida emlanganlarning rasmiy statistikasi paydo bo`ldi - ushbu ma`lumotlarga ko`ra, vaksinaning birinchi komponenti bilan 51 milliondan ortiq odam emlangan bo`lsa, Rossiyaning 47,5 milliondan ziyod fuqarosi to`liq vaksinasiyadan o`tgan.

 

Bunga qadar mamlakatda emlanish bo`yicha rasmiy statistika e`lon qilinmagan, bu boradagi raqamlar amaldorlarning alohida ma`lumotlarida keltirilardi.

 

Rasmiy statistikada jamoaviy immunitet darajasi bo`yicha ham ma`lumotlar bor - portal ma`lumotiga ko`ra, Rossiyada bu boradagi ko`rsatkich 45 foizni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar