AsosiyJamiyat

​SSV: O`zbekistonga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigacha 47 million dozadan oshadi

'​SSV: O`zbekistonga olib kelingan vaksinalar soni yil oxirigacha 47 million dozadan oshadi'ning rasmi

Mamlakatimizga joriy yilning oktyabr oyida COVAX dasturi doirasida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 800 ming doza va Sinovac vaksinasidan 1,7 mln. doza olib kelish ko`zda tutilgan.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma`lumotiga ko`ra, mamlakatimizning o`zida 15,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 hamda 633 ming dozadan ortiq ikki komponentli “Sputnik V” vaksinalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

 

Umumiy hisobda 18,9 million dozadan ortiq vaksina kelgusida emlash jarayonlarida qo`llash uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga etkaziladi.

 

Hozir yurtimizda emlash boshlanganidan beri 28 687 988 doza vaksina keltirilgan bo`lib, yil oxirigacha bu ko`rsatkich 47 million dozadan oshishi rejalashtirilgan.

Ushbu miqdor bilan O`zbekiston aholisining 17,4 million nafarini to`liq emlash mumkin bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar