Ispaniyaning Palma orolida oxirgi bir kun ichida 40 dan ortiq silkinishlar qayd etildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, orolda bir oydan buyon Kumbre-Vexa vulqoni otilishi davom etmoqda. Lava oqimlari taxminan 740 gektar maydonni yoqib yuborgani aytilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bu erda bir yoriq aniqlandi, undan faqat kul va qora tutun chiqishi davom etmoqda. Hukumat allaqachon 7 mingga yaqin odamlarni xavfsiz joylarga evakuasiya qilishga majbur bo`lgan. 1,5 mingdan ziyod uy va binolar, turar-joy maskanlari vayron bo`lgan. Qishloq xo`jaligiga katta zarar keltirgan.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi