Evropa Ittifoqidan boshpana so`ragan afg`onlar soni ortmoqda. Bu haqda EIning boshpana agentligi ijrochi direktori Nina Gregoriy Funkega bergan intervyusida aytib o`tdi.
Uning so`zlariga ko`ra, faqat Afg`oniston fuqarolari avgust oyida 10 mingga yaqin ariza topshirgan, bu rekord va iyul oyiga nisbatan 38 foizga ko`pdir.
"Boshpana so`rab murojaat qilish, asosan, Kobuldan evakuasiya qilingan va Evropada bo`lgan afg`onlar tomonidan amalga oshirilyapti", — dedi u.






