Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks Rim Papasi Fransisk bilan uchrashish uchun Vatikanga tashrif buyurdi. Bu haqda “PSJ” rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vazir uchrashuv vaqtida Papaga “PSJ”ning 30-raqami va Messining ismi tushirilgan futbolkani sovg`a qildi.
“Vaktikanga tashrif chog`ida Messining “PSJ”dagi libosini sovg`a qilgani uchun bosh vazir Jan Kasteksga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi xabarda.
Izzatbek ABDUVAHOBOV






