AsosiyDunyo

Brent markali neftning narxi bir barrel uchun 86 dollardan oshdi

'Brent markali neftning narxi bir barrel uchun 86 dollardan oshdi'ning rasmi

Jahon bozorida Brent markali neftning narxi 2018 yilning oktyabridan beri birinchi marotaba 86 dollardan oshdi. 

Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Unga asosan, gaz va ko`mir tanqisligi sababli xom ashyoga bo`lgan talab qimmatlashmoqda. Dushanba kungi savdolar vaqtida Brent markali neftning bir barreli 86,04 dollarga sotilib, rekord ko`rsatkich qayd etdi. 

Tashkilot bergan ma`lumotga ko`ra, WTI markali neft narxi ham o`sishda davom etmoqda. Noyabrda fyucherslari 1,46 foizga oshib, bir barreli uchun 83,73 dollarga oshgan.

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Boshqa yangiliklar