Amerikaning Forbes nashri 19 oktyabr kuni boshlanadigan “National Basketball Association” (NBA)ning eng qimmat klublari ro`yxatini e`lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bir vaqtning o`zida uchta klubning bahosi 5 millard dollardan oshdi.
Reytingni “Nyu-York Niks» klubi 5,8 milliard dollar bilan boshqarmoqda. Bu klubning yil davomidagi qiymati 16 foizga oshgan. Undan keyingi o`rinni “Golden Steyt Uorriorz” klubi joy oldi. Uning qiymati 5,6 milliard dollarni (19 foizga oshgan) tashkil etmoqda. 5,5 milliard dollar (20 foizga oshgan) bilan kuchli uchlikni “Los-Anjeles Leykers” qayd etdi.
NBAning yana to`rt klubi 3 milliard dollardan oshiqroqqa baholangan. Jumladan, “Chikago Bullz” (3,65 millard dollar, 11 foiz), “Boston Seltiks” (3,55 millard dollar, 11 foiz), “Los-Anjeles Klippers” (3,3 milliard dollar, 11 foiz) va “Bruklin Nets” (3,2 milliard dollar, 21 foiz). Bu klubga ilgari rossiyalik milliarder Mixail Proxoru egalik qilgan.
Avvalgi mavsum chempioni – “Milouki Baks” esa eng qimmat klublar ro`yxatida 17-o`rinni qayd etgan (1,9 milliard dollar, 17 foiz). Uning finaldagi raqibi “Feniks Sans” esa 18-o`rinda (1,8 millard dollar, 6 foiz) joylashgan.