Latviyada koronavirusga chalinish holati bo`yicha dunyoda 1-o`ringa chiqib oldi. Bu haqda Jon Hopkins universiteti ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda Latviyada haftalik kasallanish darajasi 7679,97tani tashkil qilgan. Undan keyingi o`rinlarni esa Barbados (7125,28ta holat) va Gruziya (7106,18ta holat) egallamoqda.
Ma`lumot uchun, Latviyaning aholini 1,8 million aholi istiqomat qiladi. Mamlakatda kuniga 2 mingdan ortiq yangi infeksiyalanish holatlari kuzatilmoqda. Ayni vaqtda hukumat karantin choralarini kuchaytirish bo`yicha yangi buyruqlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.