AsosiySport

Tarixiy natija qayd etgan sambochilarimiz tantanali kutib olindi (foto)

'Tarixiy natija qayd etgan sambochilarimiz tantanali kutib olindi (foto)'ning rasmi

Gresiyaning Saloniki shahrida bo`lib o`tgan sambo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Jahon chempionatida munosib ishtirok etib, 6ta oltin, 3ta kumush va 8ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan umidli sportchilarimiz bugun tongda Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Marosimda Turizm va sport vaziri o`rinbosari A.Karimov, Milliy Olimpiya qo`mitasi bosh kotibi O.Kasimov, O`zbekiston sambo federasiyasi mutasaddilari, sportchilarning ota-onalari va yurtimizda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o`tamiz, Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz sovrindorga aylanishgan edi:

O`smirlar o`rtasida:

Oltin medal:

-53 kg: Egambergan Iskandarov,

-79 kg: Shahzodxo`ja Sharipov,

-50 kg: Gulhayo Jo`raeva,

Kumush medal:

-47 kg: E`zoza Abdumo`minova,

Bronza medal:

-64 kg: Behruz Omonov,

-88 kg: Mirjalol Normo`minov,

-54 kg: Shahzoda Azatova,

-65 kg: Gulina Oblaqulova,

Yoshlar o`rtasida:

Oltin medal:

-64 kg: Shahriyor Mamatqulov,

-71 kg: Musoxon Ziyadinov,

-50 kg: Sabina Davlatova,

Kumush:

-58 kg: A`zam Rashidov,

-59 kg: Azada Aymuratova,

Bronza medali:

-98 kg: Murod Erkinov,

+98 kg: Dilrux Asliddinov,

-54 kg: Gulchiroy Ismoilova,

-72 kg: Begoyim Xayitova.

    Boshqa yangiliklar