OFK kalendariga muvofiq, 8-16-noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo`lib o`tadi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazadi. Bu haqda O`zbekiston Fubol assosiasiyasi rasmiy kanali xabar bermoqda.
Ushbu yig`in davomida vakillarimiz Gruziya milliy terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15-noyabr kuni 19:00 da Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo`lib o`tadi.






