Qirg`iziston chegara xizmatining alohida rahbarlari homiyligida "Do`stlik-avtodorojny" nazorat-o`tkazish punkti xodimlari chegaradan o`tayotgan fuqarolardan doimiy ravishda pul undirib kelishgan. Bu haqda O`sh viloyati Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi matbuot markazi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ularning aksariti O`zbekiston fuqarolari bo`lgan og`ir yuk mashinalari haydovchilari bo`lgan.
“19 oktyabr kuni "Do`stlik-avtodorojny" nazorat-o`tkazish punkti boshlig`i A.E, Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining O`sh viloyati bo`yicha boshqarmasi boshlig`i Ch.N, shuningdek direktorning birinchi o`rinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi bosh shtabi boshlig`i Kursanbek Bektashev hibsga olingan. Qo`lga olinganlar Milliy Xavfsizlik Davlat qo`mitasining O`sh va O`sh viloyati IVS bo`limiga joylashtirildi”, - deyiladi boshqarma bergan xabarda.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi