Saudiya Arabistoni shahzodasi tegishli jamg`arma “Nyukasl”ni sotib olganidan so`ng bosh murabbiy Stiv Bryusni iste`foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Biz Stiv Bryusning iste`foga chiqqanligini ma`lum qilamiz. Klub Stivga minnatdorchilik bildiradi va uning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma`lum qilinishicha, tomonlar shartnomani o`zaro kelishuvga ko`ra bekor qilishgan. Tez orada yangi bosh murabbiy nomi e`lon qilinishi kutilmoqda. Hozirda jamoa ustozligi uchun Frenk Lempard, Stiven Jerrard, Antonio Konte va Paulo Fonseka nomzodlari ilgari surilgan.
Eslatib o`tamiz, 60 yoshli Stiv Bryus 2019 yildan buyon “Nyukasl” klubini boshqarib kelayotgan edi.