AsosiySport

OFK Osiyo kubogi-2023 saralash o`yinlarini markazlashgan tizimda o`tishi tasdiqladi

'OFK Osiyo kubogi-2023 saralash o`yinlarini markazlashgan tizimda o`tishi tasdiqladi'ning rasmi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi 2023 yil Osiyo kubogi uchun saralash bahslarini markazlashgan holda o`tkazilishini e`lon qildi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi kanali xabar bermoqda.

Saralash bahslari 2022 yilning iyun oyida o`tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o`yindan iborat bo`ladi, jamoalar ushbu bosqichda 8,11 va 14 iyun kunlari 3ta o`yin o`tkazishadi.  

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg`iziston, Falastin va Hindiston bilan 1-savatchadan joy olgan.  

Qur`a tashlash marosimi hali o`tkazilmagan. 

    Boshqa yangiliklar