Ukrainada koronavirusning uchinchi to`lqini avj olmoqda. Buning natijasida o`limlar soni keskin ortib bormoqda. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Manbada keltirilishicha, kasallikning hozirgi darajasi birinchi cho`qqisiga qaraganda ham ancha yuqorilagan. Mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi esa odamlarni emlashga chaqirmoqda.
Hozirgi kunda Ukrainada kuniga kasallanganlar soni 16 mingdan ham oshib ketmoqda, o`limlar soni esa bir necha yuz kishini tashkil qilmoqda. Jumladan, 19 oktyabr kuni mamlakatda 538 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu esa kunlik o`limning yangi maksimal darajasi hisoblanadi.
Ukraina Bosh sanitar shifokori Igor Kuzin ma`lumotlariga ko`ra, koronavirusning tarqalish darajasi yuqori o`ringa chiqmaganini, eng yomoni esa hali oldinda ekanligini ogohlantirmoqda.
Mamlakat Anesteziologlar uyushmasi Prezidenti Sergey Dubrov esa o`lim darajasi yuqori bo`lishining asosiy sabablaridan biri “Delta” shtammining tarqalishi sabab ekanini ta`kidladi.