Xonanda Lola Yo`ldosheva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ayni paytda Tailandning Kox Kam orolida ekanligini ma`lum qilib, suratlar joylamoqda.
Uning aytishicha, xonanda ertaknamo bu orolda yangi klip suratga olmoqda.
“Xayrli tong, biz Tailandning Koh Kham orolidamiz. Ishonavering, bu joy er yuzidagi jannat! Agar Tailandda hordiq chiqarishni rejalashtirgan bo`lsangiz, albatta bu betakror orolga tashrif buyuring. Biz esa jamoam bilan sizga navbatdagi syurprizni tayyorlayapmiz”,—deydi xonanda.