Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti kambag`al mamlakatlarga arzon narxdagi koronavirusga qarshi testlar va tabletkalar etkazib beradi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bemorlar uchun bir kursga mo`jallangan preparat narxi 10 dollarni tashkil qiladi. Biroq hozircha bemorlar aynan qaysi doridan foydalanishi borasida ma`lumotlar berilganicha yo`q.
Virusga qarshi ishlab dori ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, bu kabi yordamlar bilan Covid-19 xavfi bo`lgan bemorlarning kasalxonaga yotqizilish sonini 50 foizgacha kamaytiradi va o`lim darajasi sezirarli darajada pasayishiga olib keladi.
Izzatbek ABDUVAHOBOV