1

Ozodbek Nazarbekov konsertida kutilmagan hodisa ro`y berdi (Video)

Shou-biznes 16.04.2016, 15:47
Teglar: Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov konsertida kutilmagan hodisa ro`y berdi (Video)

“Istiqlol” sahnasida shu kunlarda konsertini taqdim etayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsertiga har kuni hamkasblari va yaqinlari tashrif buyurishmoqda.

15 aprel kuni o`tgan konsert dasturida boshqa kunlarda bo`lmaydigan bir ajoyib hodisa yuz berdi.

Tashrif buyurganlar orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artisti Jenisbek Piyazov ham bor edi. Hammasi Ozodbek Nazarbekov uni sahnaga jo`rlikda “Lola” taronani kuylashga taklif etganidan so`ng boshlandi. 

Piyazov taronani bir ikki misra kuylagan bo`ldi-yu, sahnadagi egalikni o`z qo`liga oldi. Ozodbek Nazarbekov esa bu vaqtda dirijyorlik qilishga o`tib ketdi. 

Xullas san`atkorlarning qilgan improvizasiyasiga o`zingiz guvohi bo`lishingiz mumkin.

Xonanda matbuot kotibi Dilbahor Hudayberdieva bilan bog`langanimizda, u mazkur sahna barcha uchun, xususan ular uchun ham kutilmagan hodisa bo`lganligini aytib o`tdi.

Avvalroq, Nazarbekovning konsert dasturi kunlari uzaytirilgani hamda mazkur konsert dasturidan eksklyuziv reportaj havola etgandik.

Sharhlar

"Haqligimni million foiz bilaman" — Ozodbek Nazarbekov do`ppi muhokamasiga munosabat bildirdi

21.12.2021, 10:56

Bir muddat avval Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 20 dekabr kuni poytaxtda “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida yoshlar bilan uchrashgani haqida yozgandik.Ushbu uchrashuvdan so`ng, vazir bir guruh...
“Endi savolingizni ham do`ppida berasiz” – Ozodbek Nazarbekov

20.12.2021, 21:48

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 20-dekabr kuni poytaxtda “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida yoshlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xodimlarining do`ppi kiyishi haqidagi muhokamalar bo`yicha...
Bayramlar bizniki kabi tinch bo`lgan zaminga yarashadi – Madaniyat vaziri Respublikada o`tkazilayotgan festivallar haqida gapirdi

30.05.2021, 13:40

Xabaringiz bor, O`zbekistonning turli mintaqalarida festival va konsert dasturlari o`tkazilmoqda. Misol uchun Andijonda yoshlar festivali, Namanganda gullar festivali, Buxoroda ipak va ziravorlar festivali. O`zbekiston Respublikasi...
Ozodbek Nazarbekov xalqdan otasi haqqiga duo qilishlarini so`radi (video)

24.04.2021, 15:06

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov otasining tobi yo`qligini aytib ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yo`lladi."Haqiqatdan ham otamizning biroz toblari yo`q. Allohga shukrki, kechagidan ancha yaxshi tomonga o`zgarish bo`ldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1