AsosiyDunyo

Ekvadordagi zilzilalar oqibatida qurbon bo`lganlar soni 260 nafardan oshdi

Ekvadorda sodir bo`lgan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 262 nafarga etdi. Yana 2,5 mingga yaqin kishi jabrlandi.

Yakshanba kuni prezident Rafael Korrea Manta shahriga tashrif buyurdi. Aynan mana shu erda 16 aprel kuni Ekvadordagi 1979 yildan buyon qayd etilgan eng kuchli zilzila sodir bo`ldi. Davlat rahbari bir nechta vayron bo`lgan shaharlarga tashrif buyurib, qutqaruvchilar bilan suxbatlashdi.

Tinch okeani sohillarida joylashgan provinsiyalar eng ko`p talofot ko`rganlaridan sanaladi. Unda ko`plab binolar, yo`llar, ko`priklar va elektr uzatish tizimlari vayron bo`lgan. Mamlakatda favuqlodda holat e`lon qilingan.

Mazkur hududdagi bir qator davlatlar xususan, Boliviya, Kolumbiya va Venesuela Ekvadorga gumanitar yordam hamda qutqaruvchilarni yuborishgan.

    Boshqa yangiliklar