Xitoyning Szyansu viloyati Chanchjou shahrida joylashgan maktablarning birida 493 nafar o`quvchi noma`lum sabablarga ko`ra zaharlangan, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Maktab yangi binoga ko`chgandan so`ng o`quvchilarda zaharlanish alomatlari paydo bo`lgan. Ularda qon tahlili yomon chiqqan, ba`zi birlarida limfoma va qon leykomiyasi aniqlangan.
Mutaxassislar o`quv binosi joylashgan hududda havo va suv ifloslanganini, yangi maktab binosi qurilgan joyda ilgari uchta kimyo zavodi bo`lganligini aytishmoqda.