Bugun Evropa Konferenasiyalar ligasining 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to`p surayotgan “Roma” klubi mehmonda Norvegiyaning “Bodo/Glimt”ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi.
“Roma” asosiy hujumchisi Temmi Abraham terma jamoa safida jarohta olib, safdan chiqqan. Katta ehtimol bilan bugun hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Ma`lumot uchun, “Roma” Konferensiyalar ligasining guruh bosqichining avvalgi ikki turida ham g`alaba qozongan va 6 ochko bilan peshqadamlikni o`zida saqlab turibdi.






