AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo`mitasi raisi bilan uchrashuv o`tkazdi

'Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo`mitasi raisi bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov  bugun, 21 oktyabr kuni O`zbekiston Prezidenti saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati.

TIV ma`lumotiga ko`ra, uchrashuvda Hamdo`stlikdan delegasiya yuborilishi MDHdagi hamkorlarimizning O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o`zgarishlarga katta qiziqishining tasdig`i ekanligi qayd etildi.

MDH kuzatuvchilariga mamlakatimizda saylov qonunchiligini takomillashtirish, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, siyosiy jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi.

Yaqinda bo`lib o`tgan Hamdo`stlik davlatlari rahbarlarining Sammiti va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishi natijalari, erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va MDH doirasidagi o`zaro munosabatlarning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

MDH kuzatuvchilar missiyasining O`zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasini monitoring qilish  bo`yicha 18 oktyabr kuni e`lon qilingan muvaqqat hisobotiga ko`ra, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston vakillaridan iborat MDH kuzatuvchilari, MDHga a`zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi, Belarus va Rossiya ittifoqi Parlament majlisi, shuningdek, MDH Ijroiya qo`mitasidan 162 nafar kuzatuvchi akkreditasiya uchun taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar