Rossiyaning Ryazan shahri yaqinidagi porox sexida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 16 kishi halok bo`lgan. Yong`in chiqqan joyni tekshirig vaqtida tirik qolganlar topilmaganligi aytilmoqda.
Ma`lumot uchun, sexda jami 17 nafar ishchi bo`lgani, ulardan bir nafari portlash oqibatida kasalxonaga yotqizilgani aytilgan edi.
Rossiya favqulotda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, porox sexida portlash tufayli 7 kishi halok bo`lgani, 10dan ziyodroq odam jarohat olganini ma`lum qilgandi.