Markaziy bankda o`tkazilgan matbuot anjumanida nima uchun asosiy yillik stavka o`zgarishsiz qolganiga izoh berib o`tildi.
Unda ta`kidlanishicha, butunjahonda kuzatilayotgan va hamon davom etayotgan pandemiyani hisobga olgan holda bankning asosiy stavkasi o`zgarishsiz qoldirilgan.
"Ushbu jarayon qancha vaqt davom etishi bizga noma`lum", - dedi markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Ma`lum qilinishicha, pandemiya chekinishi yoki boshqa omillar sabab stavka ham o`zgarishi yoki aksincha bo`lishi mumkin.

Ma`lumot uchun: asosiy stavkani ko`rib chiqish bo`yicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig`ilishi 2021 yil 9 dekabr kuniga belgilangan.






