Senator Vermont Berni Sandersning tarafdorlaridan iborat yuzga yaqin kishi uning Demokratik partiyasidan nomzod raqibi Xillari Klinton kortejiga qarata bir dollarlik kupyuralarni uloqtirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur holat Los-Anjeles shahrida kuzatilgan. Klinton Gollivud aktyori Jorj Kluni va uning rafiqasi bilan birga saylo kampaniyasiga mablag` yig`ish bo`yicha uyushtirilgan tadbirga yo`l olgan edi.
Aksiyadan ko`zlangan maqsad—siyosatchilarning saylov oldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun katta miqdordagi pul mablag`larini o`zlashtirishning noto`g`ri ekanligini namoyish qilish edi.
Sanders va uning tarafdorlari Klintonni ayrim korporasiyalardan pul olganlikda ayblab,bu uni tadbirkorlik manfaatlaridan xalos qilishini ta`kidlamoqda.