Ekvadorning Manabi viloyati Portovexo shahrida joylashgan jazoni o`tash muassasasining 100 ga yaqin mahbuslari zilzila oqibatida vayron bo`lgan qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo`lgan, qochoqlarning aksariyati ushlab kelingan, ko`pchiligi esa hali qo`lga olinmagan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Mamlakat adliya vaziri hamda inson huquqlari va diniy masalalar bo`yicha rahbari Ledi Sunigi Rochining so`zlariga ko`ra, tabiiy ofat oqibatida qamoqxona devorlari vayrona ahvolga kelgan, natijada mahbuslar ozodlikka chiqishga muvaffaq bo`lgan. Ularning ba`zilari o`z xohishlari bilan qaytib kelgan bo`lsa-da, ko`pchiligi hali ham qo`lga olinmagan. Qamoqxona ayni damda vaqtincha yopilgan.
16 aprel kuni Ekvadorda 7,8 balli zilzila ro`y bergan, oqibatda ko`plab odamlar qurbon bo`lgan. Mamlakat hududida favqulodda vaziyat e`lon qilingan.