O`zbekiston Respublikasi prezidentligiga 30 yil ichida jami bo`lib 6️⃣ marta saylovlar o`tkazildi.
1️⃣ 1991 yil 29 dekabr.
✅ Xalq demokratik partiyasidan Islom Karimov (87,1%);
➖ «Erk» partiyasidan Muhammad Solih (12,5%).
❗️REFERENDUM: 1995 yil 26 mart kuni o`tkazilgan referendumda 99,6% ovoz bilan Islom Karimovning prezidentlik vakolatlari 2000 yilga qadar uzaytirilgan.
2️⃣ 2000 yil 9 yanvar.
✅ Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan Islom Karimov (91,95%);
➖ Xalq demokratik partiyasidan Abdulhafiz Jalolov (4,17%).
❗️REFERENDUM: 2002 yil 27 yanvar kuni o`tkazilgan referendumda 91,78% ovoz bilan prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan.
3️⃣ 2007 yil 23 dekabr.
O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Islom Karimov (88,1%);
➖ Xalq demokratik partiyasidan Asliddin Rustamov (3,17%);
➖ «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan Dilorom Toshmuhamedova (2,94%);
➖ Saylovchilar tashabbuskor guruhidan Akmal Saidov (2,85%);
4️⃣ 2015 yil 29 mart.
✅ O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Islom Karimov (90,39%);
➖«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Akmal Saidov (3,08%);
➖ Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov (2,92%);
➖ «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov (2,05%).
5️⃣ 2016 yil 4 dekabr.
✅ O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoev (88,61%);
➖ Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov (3,73%);
➖ “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov (3,46%);
➖ “Milliy tiklanish” partiyasidan Sarvar Otamurotov (2,35%).
6️⃣ 2021 yil 24 oktyabr.
✅ O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoev (80,1%);
➖ Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova (6,6%);
➖ “Milliy tiklanish” partiyasidan Alisher Qodirov (5,5%).
➖ Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradov (4,1%);
➖ “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov (3,4%);