AsosiySport

«MYu» Sulsherni zudlik bilan iste`foga chiqarmoqchi

'«MYu» Sulsherni zudlik bilan iste`foga chiqarmoqchi'ning rasmi

«Liverpul»ga qarshi o`yin (0:5) Ole-Gunnar Sulsherning «Manchester Yunayted»dagi so`nggi uchrashuviga aylanishi mumkin.

Manchester Evening News nashri xabariga ko`ra, klub rahbariyati norvegliyalik murabbiyni iste`foga chiqarish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Sulsher APL 10-turidagi «Tottenhem»ga qarshi o`yindan avval iste`foga chiqarilishi mumkin.

«Yunayted» so`nggi 9 o`yindan 5tasida mag`lubiyatga uchradi. Klub APLda ketma-ket 4 o`yindan buyon g`alaba qozona olmayapti. 

«MYu» so`nggi turda o`z tarixida ilk marta muxlislari qarshisida «Liverpul»ga 0:5 hisobida mag`lub bo`ldi.

Ma`lumot uchun, «Yunayted» iyul oyida Sulsher bilan uch yillik shartnoma imzolagandi.

    Boshqa yangiliklar