Ko`hna Samarqand kamondan otish ixlosmandlarini chorlaydi. Shu yil 27-29 oktyabr kunlari ko`hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida kamondan otish bo`yicha ayollar o`rtasida ilk bora xalqaro “To`maris kubogi” musobaqasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va sportvazirligi xabar berdi.
Unda nafaqat respublikamiz kamondan otish sportining mahoratli vakilalari, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Gruziya hamda Ukraina davlatlari sportchilari ham bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.






