1

Xalqaro hamkorlik: Shoshmaqom YuNESKOning "Dunyo xotirasi" dasturiga kiritilishi mumkin

Madaniyat 26.10.2021, 07:32
Xalqaro hamkorlik: Shoshmaqom YuNESKOning "Dunyo xotirasi" dasturiga kiritilishi mumkin

Kuni kecha Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston tarixida muhim siyosiy jarayon — Prezident saylovini kuzatish maqsadida mamlakatga tashrif buyurgan BAA Milliy arxivi bosh direktori Abdulla bin Muhammad Al Rais bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi. 

Uchrashuv davomida tarixiy manbalarni saqlab qolish e`tibor markazida bo`lgan.

 Umuman olganda tarixga oid eng noyob manbalarni ayni arxivda saqlanishi albata xalqaro hamkorlikni yuksaltirishni taqozo etadi. 

"Mazkur muzokara chog`ida ham arxiv bilan ishlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida arxivda mavjud tarixiy ma`lumotlarni almashish, noyob qo`lyozmalar va meroslarni o`rganish ustida birgalikda ishlash, o`zaro nusxalar almashinuvini yo`lga qo`yish kabi muhim takliflar bildirildi",-deyiladi xabarda.

 Qayd etilishicha, shu bilan birga, BAAda yaqinda bo`lishi kutilayotgan madaniyat kunlari hamda o`zbek mumtoz san`ati durdonasi bo`lgan Shoshmaqomni YuNESKOning "Dunyo xotirasi" nomli dasturiga kiritish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1