AsosiySport

Bugun Xasanboy Do`smatov ringga chiqadi

'Bugun Xasanboy Do`smatov ringga chiqadi'ning rasmi

Serbiyaning Belgrad shahrida bo`lib o`tayotgan boks bo`yicha erkaklar o`rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida uch nafar charm qo`lqop ustamiz ringga ko`tariladi.

Dastlab Odiljon Aslonov (80 kilogramm) tanzaniyalik Yusuf Changalaevga qarshi bahs olib borsa, Hasanboy Do`smatov (51 kilogramm) qozog`istonlik Saken Bibosinov bilan bellashadi.

Shuningdek, Saidjamshid Jafarov (75 kilogramm) chempionatdagi ilk jangini slovakiyalik Fernezaga qarshi o`tkazadi.

Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz tarkibida birinchi bo`lib ringga Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev (67 kilogramm) ko`tarildi va  irlandiyalik Brendan Makkivini engdi.

 

    Boshqa yangiliklar