FIFA prezidenti Janni Infantino O`FA prezidenti Abdusalom Azizovga «Paxtakor»ning O`zbekiston chempioniga aylangani munosabati bilan tabrik yo`lladi.
«Toshkentning «Paxtakor» futbol klubini 2021 yil O`zbekiston chempioniga aylangani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sovrin bilan klubdagi har bir inson mashaqqatli mehnati, ishtiyoq va sadoqati bilan g`ururlana oladi. Tabrigimni klubga aloqadar barcha insonlarga etkazishingizdan mamnun bo`lardim. Ularni shunday jamoaviy ruh, ehtiros va qat`iyat bilan ishlashda davom etishga chaqiraman», - deyiladi «Paxtakor» klubi e`lon qilgan tabriknomada.
Ma`lumot uchun, «Paxtakor» Superligada 23 o`yindan keyin 54 ochko to`plab, muddatdan avval 14 karra O`zbekiston chempioniga aylandi.






