Serbiyaning Belgrad shahrida bo`lib o`tayotgan boks bo`yicha erkaklar o`rtasidagi jahon chempionatining bahslari davom etmoqda.
Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do`stmatov (51 kilogramm) mundialdagi ilk jangini qozog`istonlik raqibi Saken Bibosinovga qarshi o`tkazdi. Kutilmaganda hamyurtimiz hakamlaring qaroriga ko`ra raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Shu tariqa, Do`smatov jahon chempionati bahslarini muddatin oldin tark etadigan bo`ldi.