AsosiyDunyo

Samanta Pauer ketayotgan avtomobil korteji kamerunlik bolakayni bosib ketdi

AQSh davlat departamenti matbuot xizmati boshlig`i Jon Kirbi jurnalistlar ishtirokida o`tkazilgan brifingda Samanta Pauer ketayotgan avtomobil korteji kamerunlik bolakayni bosib ketganligini, oqibatda bolakay halok bo`lganini tan oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Jon Kirbi buni dahshatli halokat deb atadi va bolakayning yaqinlariga Samanta Pauer bilan birga ta`ziya izhor qildi.  

Halokat Shimoliy Afrika mamlakatidagi Kamerunning Moloko shahrida ro`y bergan. AQShning BMTdagi maxsus vakili Samanta Pauer mingan avtomobil kortejini Kamerunda yuzlab odamlar, shu jumladan bolalar ham kutib olishga chiqqan. Olomon orasida turgan bolalardan biri 100 km tezlikda kelayotgan bronlangan jip qarshisiga yugurib chiqqan, oqibatda mashina bolani bosib ketgan. Shifokorlar bola juda qattiq tan jarohati olganligi tufayli hayotini saqlab qolisholmagan. 

Samanta Pauer Kamerunga qochoqlar va muhojirlar bilan uchrashuv o`tkazish uchun kelgandi.

    Boshqa yangiliklar